Simeone: "Barsa" - dunyoning eng kuchli jamoalaridan. Ammo, oxirigacha o'ynash kerak"

Alisher
10 yanv 2020, 11:05
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasidagi "Barselona"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Biz birinchi taymda himoyaviy o'ynagan holda, qarshi hujumlarga ko'proq urg'u bermoqchi edik, ammo raqibning bosimidan chiqib keta olmadik.

Ikkinchi taymni esa bizga kuch bag'ishlagan gol bilan boshladik, ammo raqib bunga hujumkor ruhda javob qaytardi. Ammo, Lorentening o'yinga chiqishi va Korreaning hujumga o'tishi bizga erkinroq o'ynashga yordam berdi.

Biz boshqa jamoaga aylandik. Agar biz hisobni qisqartira olsak, g'alaba qozonishimiz ma'lum edi.

"Barselona" qolganlardan bir qadam oldinda. Bu dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biridir, ammo o'yinni oxirigacha o'ynash kerak. Biz bu yerda bo'lishga haqli edik va buyog'iga yana bitta finalni o'tkazamiz", - deydi Simeone.

Eslatib o'tamiz, "Real" va "Atletiko" o'rtasidagi Ispaniya Superkubogi finali 12 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca