Simeone: "Agar Messi bizda o'ynaganida, uchrashuvda "Atletiko" g'olib bo'lardi"

Aslanov Jasurbek
5 mar 2018, 14:51
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Barselona"dan uchralgan mag'labiyat (0:1) haqida fikr bildirdi.

"Bu bahs birinchi davradagi uchrashuvni eslatib yubordi. Ular birinchi bo'limda ustunlik qilishdi, biz muvozanatni tenglashtirdik. O'yinlar o'xshash, faqat o'sha bahsda durang qayd etilgan, bugun esa mag'lub bo'ldik.

Messi - natijaga ishlaydigan futbolchi. O'yin teng edi. Agar u "Atletiko" libosida maydonga tushganida, biz g'olib bo'lar edik.

"Barselona" uchta o'yinda mag'lub bo'lishiga ishonish qiyin, biroq bu futbol va keyingi o'yinlarni bashorat qilish kerak emas. Avvalgidek kurashni davom ettiramiz" - deydi Simeone.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS