Shvaynshtayger, Yanuzay va yana 7 nafar futbolchi MYUdan ketadi

Narzulla Saydullayev
29 iyul 2016, 10:41
Manchester Yunayted bir qator futbolchilar bilan xayrlashishga tayyor.

Qizil iblislar yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo 9 nafar futbolchiga boshqa klub topishni maslahat berdi.

Daily Mail nashri xabariga ko'ra, gap Bastian Shvaynshtayger, Adnan Yanuzay, Uill Kin, Tayler Blekkett, Peddi Makneyr, Jeyms Uilson, Andreas Pereyra, Timoti Fosu-Mensa va Kemeron Bortuik-Jekson haqida ketmoqda.

Bu futbolchilarning barchasi kecha MYU yoshlar jamoasida mashg'ulot o'tkazishdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk