Shvaynshtayger MLSga ko'chib o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
23 apr 2015
"Bavariya" yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger faoliyatini MLS klublarining birida davom ettirishi mumkin.
30 yoshli futbolchining klub bilan shartnomasi 2016 yilning yozida yakunlanadi va nemis matbuotining taxminiga ko'ra, tomonlar kelishuvni uzaytirmaydi. Bunga sabab futbolchining jarohatlarga moyilligi. Shunday qilib, Shvaynshtayger faoliyatini qayerda davom ettirish mumkinligi haqida variantlarni ko'rib chiqishni boshlashi mumkin.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru