Shuhrat Toshpo'latov: "G'alabani qo'ldan chiqardik"

Aslanov Jasurbek
11 noya 2021, 18:55
Coca-Cola Superligasi qoldirilgan 19-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Nasaf" uchrashuvidan so'ng mehmonlar katta murabbiyi Shuhrat Toshpo'latov fikrlarini bildirdi.




 "Bugun qiziqarli bahsga guvoh bo'ldik. Hisobda oldinga borayotgan vaqtimizda hotirjamlikka berildik va bu bizga qimmatga tushdi. Endi keyingi bellashuvlarga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz. Bizni oldinda Superligada uchta va O'zbekiston kubogi yarim final bahslari kutib turibdi. Hali hech narsa yo'qotilgani yo'q. Biz sovrinli o'rinlar uchun oxirigacha kurashamiz" - deb o'z fikrlarini yakunladi murabbiy. 

- "Nasaf"ning Baxrayndagi mag'lubiyati bugungi o'yinga o'z ta’sirini o'tkazdimi?

- Yo'q, yigitlar bugungi bellashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rishgan edi. OFK Kubogi finali tarixda qoldi. Baxrayndagi final yigitlarga katta maktab vazifasini o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Насаф" матбуот хизмати