"Shubhasiz, "Oltin to'p"ni Holand olishi kerak" - Kevin de Bryuyne

Sherzod Nurmatov
14 sen 2023, 21:04
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne jurnalist bilan suhbatda "Oltin to'p"ni Lionel Messi emas, Erling Holand yutishi kerak deb hisoblaydi.

- Kevin, sizningcha, bu yil "Oltin to'p"ni kim olishi kerak? Holandmi yoki Messi?

- Shubhasiz, Erling.

- Biroq Messi Jahon chempionatini yutdi...

- 2010 yilda Inesta jahon chempioni bo'lib, o'z goli bilan mamlakatiga unvon olib bergan, ammo "Oltin to'p"ni qo'lga kiritmagan.

- Lekin 2010 yilda Messi Inestadan ko'proq gol urgan...

- Siz mutlaqo haqsiz. Demak, "Oltin to'p" Messidan ko'proq gol urgan Holandga tegishli.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Factly