Shomurodovni 4ta dahshatli o'yin kutib turibdi

Aslanov Jasurbek
4 okt 2019, 15:02
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov tez orada MTJ safiga qo'shiladi.

Hamyurtimiz bungacha 6 oktyabr kuni "Rostov" safida maydonga tushadi. Yakshanbada Shomurodov to'p tepayotgan jamoa Moskvada SSKA mehmoni bo'ladi. "Armiyachilar" ayni damda turnir jadvalida peshqadamga aylanib olishgan. To'purarlar jadvalida 9ta gol bilan yetakchilik qilayotgan Eldor Rossiya poytaxtidagi bahsda shu nomga munosib ekanligini isbotlashga harakat qiladi.

Ushbu bahsdan so'ng Shomurodov O'zbekiston MTJda Yaman va Singapurga qarshi bahslarda maydonga tushishi kerak. 1-turdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng bizga g'alaba suv va havodek muhim.

Terma jamoalar o'yinidan keyin Eldor "Rostov"ga qaytib ketadi va 19 oktyabr kuni uni "Zenit"ga qarshi bahs kutib turadi. Sankt-Peterburg klubi ham turnir jadvalida yetakchilar safida bormoqda.


Eldor Shomurodovni kutib turgan keyingi 4ta o'yin:

6 oktyabr. SSKA - "Rostov"

10 oktyabr. O'zbekiston - Yaman

15 oktyabr. Singapur - O'zbekiston

19 oktyabr. "Zenit" - "Rostov"

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia