Shomurodov uchun kurashda yetakchilik qilayotgan klub nomi ma'lum bo'ldi

Sherzod Nurmatov
30 noya 2022, 16:15
"Roma" hujumchisi Eldor Shomurodov yanvardagi transfer oynasi ochilganda klubni tark etishi mumkin.

O'zbekistonlik hujumchi 2021 yilning yozida "Jenoa"dan "jallorossi" tarkibiga o'tgach, jami 48 ta o'yinda 6 ta gol urdi va 6 ta assist qayd etdi.

La Gazzetta dello Sport'ning xabar berishicha, "Kremoneze" Shomurodov uchun kurashda favorit hisoblanadi. Klub hujumchini Alvini jamoasining hujumdagi salohiyatini kuchaytirish uchun ideal variant sifatida ko'rmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia