Shohruh Ishanov: "Katta futbolchilarimiz xatoga yo'l qo'yishdi. Buyog'iga yoshlarga ishonamiz"

Aslanov Jasurbek
26 avg 2023, 23:16
"Andjon-SGS" hamda "Dinamo" o'rtasidagi Pro Liganing 15-tur o'yinidan (0:0) so'ng mezbon jamoa ustozi Shohruh Ishanov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Shohrur Ishanov: "Yigitlarga rahmat, bugun bor kuchini ishga solishdi. Oldinda yana 6ta bahs bor, tayyorgarlikni davom ettiramiz".

- Bugungi bahsda tarkibda rotaciyalar ko'p edi, bu taktik yurishmidi?

- Ushbu uchrashuvda yoshlarga ishonch bildirdik va ular ishonchni oqlashdi. Bu g'alabaga teng durang deb o'ylayman.

- Jamoaga yangi qo'shilgan Xushnud Avilov 2 turdan beri jamoada ko'rinmayapti...

- U yo'qligi sababini bilmaymiz. Telefon qildik, bog'lanishga urindik. Ertaga yana urinib ko'ramiz.

- Bir necha kun oldin "Andijon-SGS" futbolchilari kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani tufayli jazolanishdi. Bu voqealardan xabaringiz bormidi?

- Yo'q, bu biz uchun kutilmagan hol bo'ldi. Yaxshi ish qilishmadi. Chunki bir tadbirkor kuchli jamoa yaratish niyatida "Andijon-SGS"ni tashkil qilgan. Biroq katta futbolchilarimiz xatoga yo'l qo'yishdi. Buyog'iga yoshlarga ishonamiz.

- "Andijon-SGS" may oyidan beri g'alaba qozona olmayapti. Bunda o'zingizni aybdor deb hisoblaysizmi?

- Mag'lubiyat murabbiyniki. Biroq qo'limizdan kelgancha ishlayapmiz. Xudo xohlasa hammasi yaxshi tomonga o'zgaryapti.

- G'alaba qozonish uchun jamoaga nima yetishmayapti?

- Sodir bo'lgan ishlar jamoamizga jiddiy ta’sir qildi. Chunki ular asosiy futbolchilar edi, yoshlar esa ularga intilishayotgandi. Jamoa 3-4 kishiga bog'lanib qolmasligi kerak, yoshlar bilan ishlayapmiz. Kelajakda ular o'z so'zini aytadi.

- Maydon sifatida o'yinga qanchalik ta’sir ko'rsatdi?

- Katta. Maydon sifati yaxshilanishiga umid qilamiz. Yigitlar juda qiynalishdi. Uzatmalarda muammolarga duch keldik.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia