Shodiyor Hojimatov: "Zomin"ni kuchli xohish evaziga mag'lub etdik"

Aslanov Jasurbek
16 sen 2020, 18:24
Pro liganing 6-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Zomin" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda Abdusamad Do'rmonov shogirdlari 3:2 hisobidagi g'alabani tantana qilishdi.

Murosasiz hamda keskin kurashlarga boy tarzda o'tgan uchrashuvdan so'ng "Neftchi" jamoasining yosh futbolchisi Shodiyor Hojimatov fikrlarini bildirib o'tdi. 

"Birinchi bo'limda o'z xatolarimiz evaziga gol o'tkazib yubordik. Shuning hisobiga o'zimizga qiyinchilik tug'dirdik. O'yin davomida ko'p golli vaziyatlardan foydalana olmadik, bu esa bahsni asabiy ruhda o'tishiga sabab bo'ldi. Ikkinchi bo'limda g'alaba uchun barcha birdek harakat qildi, bizda xohish va ishtiyoq kuchli edi. O'yindan oldin raqibni mensimaslik yoki ularning imkoniyatiga past bahor berish kabi holat bo'lmadi. Har qanday raqibni hurmat qilish kerak, ularning ham o'ziga yarasha kuchli tomonlari bor edi. Umuman olganda Pro ligada oson o'yinlar yo'qligini ko'rib turibmiz. Pro liganing saviyasi va darajasi bu yil ancha oshdi deya olaman",- deydi Hojimat Erkinov.  

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia