

U darvozabon Andre Onana va himoyachi Milan Shkrinyarning o'yinini alohida qayd etdi.
"Jismoniy jihatdan kuchli va texnik jamoaga qarshi ajoyib o'yin o'tkazdik. Birinchi bo'limda oldinga chiqib olishimiz mumkin bo'lgan bir qator imkoniyatlarni qo'ldan boy berganimiz achinarli. Ikkinchi taymda "Portu" juda xavfli qarshi hujum uyushtirdi, biroq Shkrinyar va Onana yuqori darajada o'ynashdi. Keyin almashtirishlar bizga katta yordam berdi.
Birinchi bo'limda tez-tez pas berib o'ynashimiz kerak edi. Hujumlarni yaxshiroq va tezroq qurishni boshlash nazarda tutilgandi, ammo "Portu" yaxshi pressing uyushtirdi", – dedi Inzagi.



