Shirer: "Foden menga Gaskoynni eslatadi"

Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alan Shirer "Manchester Siti" yarim himoyachisi Fil Fodenning mahoratiga yuqori baho berdi:

"O'z vaqtida Angliyaning eng zo'r yarim himoyachilari Pol Gaskoyn va Pol Skoulz bilan birga o'ynaganman. Fodenning to'p bilan muomalasi, oldinga uzatmalari va gol urishni do'ndirishi meni hayron qoldirmoqda. U menga Gaskoynni eslatadi".

Avvalroq "Manchester Siti"ning sobiq hujumchisi Shon Gouter Foden kelajakda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi mumkinligini aytgandi.


Manba: manchestereveningnews.co.uk