Shevchenko "Milan"ning qahramoni kim ekanligini aytdi

Mirjalol Normatov
14 dek 2019, 20:42
"Milan"ning sobiq hujumchisi Andrey Shevchenko "rossoneri"larning asosiy qahramoni haqida gapirdi.

"Maldini. U "Milan"da porladi va uzoq yillar davomida klub sharafini himoya qildi. Paolo mening davrimdagi barcha uchun namuna futbolchilardan edi.

Chezare Maldini sardor bo'lgan, keyin murabbiy sifatida ham ishladi. Ayni damda esa u klubning sport direktori, uning o'g'li esa "Milan"da o'ynamoqda. 

Biroq men Paoloni tanlayman. U "Milan"ning faxri", - dedi Shevchenko.

Ukrainalik futbolchi "Milan"da 1999-2006 va 2008-09 yillar davomida 322 o'yinda 175 gol urdi.

Paolo Maldini esa "Milan" tarkibida 901 o'yinda 33 gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia