Shensni bugungi o'yinda qatnashmaydi

Mirjalol Normatov
15 dek 2019, 17:41
"Yuventus" darvozaboni Voychex Shchensni A Seriyaning 16-turi doirasida "Udineze"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradi.

Polshalik posbon murabbiylar shtabiga elkasida muammolar borligini ma'lum qilgan. Shu boisdan murabbiylar darvozabonni o'yin uchun qaydnomadan olib tashlagan, deb xabar beradi klub matbuot xizmati.

Shchensnining o'rnini tarkibda Mattia Perin egallaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express