

Shavkat Saidov, “Metallurg” FK jamoa boshlig'i: - Bugungi natijadan to'liq qoniqish hosil qildik. Olmaliqqa ijobiy natija uchun kelgandik, g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Ammo o'yindan to'liq qanoatlandik deb ayta olmayman. Tanaffus paytida ham, uchrashuv yakunlanganidan keyin ham bosh murabbiyimiz Rustam Mirsodiqov kiyinish xonasida yigitlarga o'z etirozlarini bildirdi. O'yinni yaxshi boshlab, xotirjamlikka berilish yaxshi oqibatlarga olib kelmasligini, top jamoalar bunday vaziyatlarda ayab o'tirmasligini ta'kidladilar. O'zlaringiz ko'rdingiz, 2:0 hisobida g'alaba qozonayotgan paytimizda futbolchilarimiz bo'shashishdi. Oqibatda “Olmaliq” birinchi taymning o'zidayoq hisobni tenglashtirib oldi. Mezbonlar g'alaba qozonib ketishlari ham mumkin edi.
“Olmaliq”qa keladigan bo'lsam, bu jamoada iqtidorli o'yinchilar jamlanishgan. Natija nega ijobiy tomonga o'zgarmayotganligini tushunmayapman. Ammo boshlangan ishni tashlab qo'ymaslik kerak. Shu o'yinchilarning o'zi bilan ham yuqori natijalar uchun kurashadigan kollektivni shakllantirsa bo'ladi. Faqat bunga ishonish, ishlash zarur.
"Metallurg" matbuot xizmati



