"Shalke" koronavirus sabab "Barselona" futbolchisini sotib ololmasligi mumkin

Alisher
27 mar 2020, 17:04
"Shalke"da ijara asosida o'ynayotgan "Barsa" futbolchisi Jan-Kler Todiboning taqdiri so'roq ostida turibdi.

Gelzenkirxen klubi futbolchini "Barselona"dan 25 million evro evaziga xarid qilishni rejalashtirgan.

Todibo "Shalke"ga qishda mavsum so'nggiga qadar ijara asosida kelgan edi.

Ammo, koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqiroz va moliyaviy xavf tufayli bitim imzolanmay qolishi mumkin.

Fransiyalik futbolchi "Shalke" tarkibida 7ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Bild