"Shalke" "Barselona" himoyachisini ijaraga olishi mumkin

Alisher
23 avg 2019, 13:26
"Barselona" himoyachisi Xuan Miranda faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.

"Shalke" 19 yoshli ispaniyalik o'yinchini 2 yilga ijaraga olmoqchi.

Mirandaga shuningdek "Marsel" klubi ham qiziqmoqda, faqatgina nemis klubi himoyachi bilan ertaroq muzokaralarga kirishdi.

Futbolchi "Betis"dan ketganidan so'ng, 14 yoshida "Barselona"ga kelgan.

Miranda o'tgan mavsum kataloniyaliklarning asosiy jamoasida 4ta o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS