Shakiri: "Albaniyaga qarshi to'qnashuv o'zgacha ahamiyat kasb etadi"

11 iyun 2016, 01:55
Shveytsariya terma jamoasi yetakchisi Jyerdan Shakiri Albaniyaga qarshi dastlabki uchrashuv oldidan Yevropa chempionati borasida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


- Barcha murabbiyning o'z falsafasi bo'ladi. Ottmar Xitcfeld Shveytsariya terma jamoasi uchun juda katta ko'lamdagi ishlarni amalga oshirdi. Uning qo'li ostida terma jamoa avlodlar almashuvi bo'ldi. Ottmar terma jamoaga bir qator yosh istedodlarni jalb etdi va ular endilikda etarli tajriba to'plashdi. Petkovich boshqaruvida jamoamiz hujumkor o'ynashni boshladi va shu bilan birgalikda natijalarga ham erishildi. Shveytsariya oldida Yevropa chempionatiga yo'llanma olish vazifasini qo'yilgandi. Bu esa uddalandi. Petkovich juda ko'plab tillarda gaplasha oladi. Muhimi, Petkovich futbolchilarni tushunadi.
Shuruhdagi vaziyat? Fransiya va biz favorit sanalamiz. Lekin Ruminiyani ham unutmaslik lozim. Ular saralash bosqichida juda yaxshi harakat qilishdi. Bizning asosiy maqsadimiz guruhdan chiqish. Jamoamizning potenciali yuqori. Yevropa chempionati o'zgacha musobaqa. Bu yerda sen yarim finalga qadar yetib borishing yoki tezda uyga qaytishing mumkin. Qur'adan oldin ota-onamga bizga Albaniya tushishini aytgandim. Yakunda ham shunday bo'lib chiqdi. Ularga qarshi to'qnashuv terma jamoamizning ko'plab futbolchilari uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Yevropa chempionatini g'alaba bilan boshlashni istaymiz.

O'xshash yangiliklar


Manba: uefa.com