Shahzod Shaymanov - "Lokomotiv" futbolchisi

Alisher
13 yanv 2020, 17:08
O'tgan mavsumni "Navbahor" tarkibida o'tkazib, muxlislar ishonchiga erishgan ajoyib yarim himoyachi Shahzod Shaymanov "Lokomotiv" futbolchisiga aylandi.

Shaxzod 1992 yilning 2 aprel kunida tug'ilgan va o'ng qanot yarim himoyasida o'ynaydi. Faoliyatini asosan O'zbekistonning yuqori divizionida o'tkazmoqda. 2014-2017 yillar davomida o'zi tarbiyalangan "Mashal" sharafini himoya qildi va keyinchalik "Metallurg"ga transfer qilindi. Qayd etish kerak, Shaxzod o'zi o'ynagan barcha jamoalarida asosiy tarkib futbolchisiga aylana olgan. Buni quyidagi statistika ham tasdiqlab turibdi.

2012 "Mashal" 20 o'yin

2014 (1-davra) "Andijon" 9 o'yin, 1 gol

2014 (2-davra)-2017 "Mashal" 85 o'yin, 10 gol.

2018 "Metallurg" 27 o'yin, 6 gol

2019 "Navbahor" 20 o'yin, 2 gol

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: lokomotiv.uz