Shahrisabzda tadbir uchun stadiondan boshqa joy qolmaganmi janob hokim?

Tolibjon Qosimov
10 noya 2020, 14:53
Kuni kecha Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida tuman hokimligi tomonidan "Saxovat va ko'mak" tadbiri bo'lib o'tdi.

Bu yaxshi, nochor oilalarga ko'mak berish barchamizning vazifamiz. Lekin, nima uchun yam-yashil maydonda? Bu yerda bolalar katta futbolga ilk qadamlarini qo'yadilar. Bu maydonni yaxshi holatda ushlab turish uchun arzimagan maoshga ishlab kelayotgan murabbiylar kecha-yu kunduz ishlasalar. Maydonda mol ham, traktor ham, asalari ini ham bor. Xattoki ko'chma molxona ham qurilgan. O'zi yillar davomida davlat bayramlarini stadionlarda tashkil qilaverib, murabbiylarning mehnatini bir pul qilib kelingani yetmaydimi. Nima uchun hamma masalalar maydonlarni rasvo qilish bilan echilyapti. Testlardan keyin qanchadan-qancha maydonlar o'ziga kela olmayapti. Prezidentni 2019 yil dekabr oyida qabul qilgan 5887-farmoniga ko'ra hududlarda bolalar futbolini rivojlantirish bosh maqsad qilib qo'yilgan. Bolalar shug'ullanadigan maydonni payxon qilish emas.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia