“Sevilya” Negredoni qo'yib yuborayapti

“Sevilya”ning rahbariyati, klub hujumchisi Alvaro Negredoni sotib yuborish niyatida.
27-yoshli hujumchi, ko'pdan beri “Manchester Siti” klubining qiziqish doirasiga kirib qolgan. “Sevilya” klubining murabbiylar shtabi ham, uning kyetishiga ko'nikkan ko'rinadi.

"Negredo bizning jamoani tark etsa kerak. Alvaro - “Sevilya” klubining eng muhim futbolchilaridan biri. Lekin u jamoani tark etmoqchi. Agarda transfer amalga oshsa, bundan hamma birdek foyda ko'rishi mumkin", - deya ta'kidladi Unai Emeri.

"Biz Negredoni sotishdan katta foyda ko'rmoqchimiz. “Manchester Siti” rahbariyati, xuddi Xesus Navas tranferi singari, bizga  etarlicha mablag' to'lashi kerak bo'ladi".

O'tgan mavsumda Negredo “Sevilya” tarkibida 36 o'yin o'tkazib, 25 gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Manba: goal.com