"Sevilya" futbolchisi "Barselona" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi

Mirjalol Normatov
16 may 2018, 21:10
"Barselona" "Sevilya" himoyachisi Kleman Langle bilan kelishib oldi, deb xabar beradi "Mundo Deportivo".

Manbaga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 22 yoshli fransiyalik futbolchi uchun 35 mln evro to'laydi. Tomonlar 5 yillik shartnomaga imzo chekadi.

Langle "Sevilya" tarkibida 2017 yildan buyon harakat qilmoqda. Yakunlanayotgan mavsumda u LaLigada 34 uchrashuvda qatnashdi va 3 gol urib, 1 golga assistenlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo