Sevilya bilan o'yinda Realning uch nafar asosiy futbolchisi maydonga tusha olmaydi

Narzulla Saydullayev
3 dek 2017, 08:40
Realning bir qator futbolchilari Sevilya bilan uchrashuvni diskvalifikaciyalar tufayli o'tkazib yuborishadi.

Yarim himoyachi Kazemiro va himoyachi Daniel Karvaxal Atletikka qarshi o'yinda (0:0) mavsumdagi beshinchi sariq kartochkalarini olishdi. Liga reglamentiga kra ular navbatdagi o'yinga diskvalifikaciya qilinishdi. Serxio Ramos esa kechagi bahsda 2ta sariq kartochka olib maydondan chetlatildi.

Ma'lumot uchun, "Real Madrid" - "Sevilya" uchrashuvi 9 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: as.com