Seten nega "Barselona" bilan sudlashishga qaror qilganini tushuntirdi

Alisher
1 dek 2020, 11:11
"Barselona" sobiq bosh murabbiyi Kike Seten nega "ko'k-anorranglilar" bilan sudlashishini aytdi.

"Barselona" menga muddatidan oldingi iste'fo uchun tovon puli to'lamadi, men umuman hech narsa olmadim. Rahbariyat hatto iste'foga chiqarganini bildirish uchun men bilan bog'lanmadi ham", - deydi Seten.

Oldinroq Setenning advokati "Barselona"dan kompensaciya sifatida 4 million evro talab qilayotgani ma'lum bo'lgan edi.

Kike kataloniyaliklarga 2020 yilning boshida bosh murabbiy etib tayinlangandi. Klub matbuot xizmati qoniqarsiz natijalardan so'ng 17 avgustda Setenning iste'fosini e'lon qilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es.