Serxio Ramos 16 noyabr kuni “Real”dagi kelajagi borasida qarorini e'lon qiladi

14 noya 2020, 09:21
Ramos dushanba kuni matbuot anjumani tashkil etadi.

Qayd etilishicha, Ramos ushbu matbuot anjumanida futbolchilik faoliyatini “Real”da yakunlashini e'lon qiladi.Eslatib o'tamiz, avvalroq Ramosning 2021 yil yozida “Real”ni tark etishi mumkinligi va PSJga o'tishi borasida xabarlar paydo bo'lgandi.

Ma'lumot uchun, Ramos “Real” sharafini 2005 yildan beri himoya qilib keladi. U klub safida 5 karra Ispaniya chempioni bo'ldi. 4 bor YCHL bosh sovrinini qo'lga kiritdi. Joriy mavsum futbolchi 10 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS