

Xabaringiz bor, jahon chempionati guruh o'yinlarining ilk turida Argentina Islandiya, Braziliya esa Shveytsariya bilan 1:1 o'ynadi. Kecha esa kutilmaganda Germaniya Meksikaga 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi.
- Siz uchun Germaniya, Argentina va Braziliya ishtirokidagi o'yinlar qanchalik kutilmagan bo'ldi?
- Jahon chempionatini maza qilib ko'ryapman va men uchun bu musobaqada favorit yo'q. Kulmang, hozircha eng yaxshi favorit bu - Rossiya. Chunki biznikilar Saudiyani 5:0 hisobida mag'lub etishdi. Men kuchli jamoalarning jismoniy holatdan to'g'ri foydalanib, o'yin tartibiga qattiq amal qilishayotgani guvohi bo'lyapman. Bu jahon chempionati istalgan syurprizni taqdim etishi mumkin. Lekin men uchun aytaylik, Germaniyaning yutqazib qo'ygani sensaciya bo'lmadi. Chunki Meksika juda chiroyli o'yin namoyish etdi.
- Nima sababdan Messi, Neymar kabi yulduzlar o'zlarini ko'rsata olishmayapti?
- Ular ham mundialga tayyorgarlik ko'rgan. Hali ko'rasiz, yulduzlar o'zlarini ko'rsatadi. Bu hozircha boshlanishi va vahimaga hojat yo'q. Ko'pchilik Braziliya Shveytsariya darvozasiga besh-oltita golni qalashtirib tashlaydi deb o'ylagan bo'lishi mumkin, lekin amalda bunday bo'lmadi. Hatto Fransiya ham qiynalganini ko'rdik.
Shveytsariya bilan o'yinda Neymar braziliyaliklarning eng yomon futbolchisi bo'ldi. U ko'p marta to'p yo'qotdi. PSJ hujumchisi o'yinni o'z qo'liga olishga harakat qildi, lekin futbol jamoaviy sport turi. Bazan yetakchilar ham o'z jamoalarining o'yiniga xalaqit berishyapti. Bunga esa Messi yaqqol misol bo'la oladi.



