Sergey Lushan: “O'z xatolarimiz evaziga raqibni enga olmadik”

Narzulla Saydullayev
25 okt 2014, 17:38
“Neftchi” – “Bunyodkor” (0:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Sergey Lushan o'z fikrlarini bildirdi.
"Qiyin o'yin bo'ldi. Lekin unda chiroyli harakatlar ham juda ko'p bo'ldi. “Neftchi” yaxshi jamoa, ularga qarshi Farg'onada o'ynash oson emas. Biz bu borada ishlaymiz va vaziyatlarni golga aylantirishga harakat qilamiz. Biroq, bizda hisobni ochish uchun etarlicha imkoniyatlar bo'ldi. Biz o'z xatolarimiz evaziga raqibni yuta olmadik”, - deydi Sergey Lushan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia