“Vest Xem” klubi bosh murabbiyi Sem Ellardays, hujumchi Endi Kerrollning jarohatdan tuzalish jarayoni haqida gapirib o'tdi.
“Endi jarohatdan tuzalayotgan boshqa futbolchilar bilan mashg'ulot olib borayapti va tez orada safga qaytadi. Lekin Kerrollning qaytish vaqti haqida aniq bir ma'lumot berolmayman”, - deydi Ellardays.