Sautgeyt: "Keyn dunyoning eng yaxshi to'purari"

Aslanov Jasurbek
19 noya 2018
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Xorvatiyaga qarshi Millatlar ligasi uchrashuvidan (2:1) so'ng, hujumchi Garri Keynni maqtadi.

"Keynni dunyoning eng yaxshi hujumchisi deb hisoblayman. Bunday mahoratga ega futbolchini zaxiraga olishni xohlamadim. Yozdagi bazi qarorlarimga etirozlar bo'lgandi, ammo Garri - jamoa yetakchisi. 98% o'yinlarda uning harakati va gollari muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Bundan tashqari, u birinchi bo'limda Raxim Sterlingga ajoyib pas berdi. Keynga ishonchimiz baland" - deydi Sautgeyt.

VIDEO. Angliya - Xorvatiya 2:1


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph