

Oldinroq, "Al Ittihod" "Liverpul" hujumchisiga qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.
"Qizillar" Salohni sotishni xohlamasada, Saudiya Arabistoni klubi futbolchi uchun 200 mln. funt taklif qilishga tayyor.
Ma'lumotlarga ko'ra, Saudiya Arabistoni delegaciyasi Salohni xarid qilish bo'yicha so'nggi urinishni amalga oshirish uchun Londonga yetib kelgan. "Al Ittihod" vakillari yaqin ikki sutka ichida "Liverpul"ni 200 mln. funtga ko'ndirishga urinishadi.
Saudiya Arabistonida transfer oynasi payshanba kuni yopiladi. Bazi manbalarning yozishicha, "Al Ittihod" Salohga erisha olmasa, tezda boshqa futbolchi borasida muzokaralarni boshlashadi.



