Saudiya Arabistoni klublari CHLning to'rt karra chempioni uchun da'vogarlik qilishmoqda

Alisher
24 fev 2024, 21:08
"Manchester Yunayted" himoyachisi Rafael Varan yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

30 yoshli o'yinchi uchun "Al Ittihod", "Al Nasr" va "Al Shabab" klublari da'vogarlik qilmoqda.

Jamoalar vakillari yaqin vaqtlarda ehtimoliy bitim shartlarini muhokama qilish uchun "qizil iblislar" rahbariyati bilan aloqaga chiqadi.

"Real" safida to'rt bor CHLda zafar quchgan Varan joriy mavsum manchesterliklar safida barcha musobaqalarda 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/JacobsBen