Saudiya Arabistoni Chempionlar Ligasini sotib oladi-mi?!

Omonjon To`xtamirzayev
6 dek 2023, 13:00
Saudiya Arabistoni 2024 yilgi Chempionlar Ligasini sotib olishi mumkin.

"Saxo Bank" qator taxminlarni e'lon qildi. Ulardan biri bevosita YCHLga taalluqli. Ushbu xarid neft narxining oshishiga bog'liq bo'ladi. Agarda keyingi yilning o'rtalariga borib 1 barrel uchun narx 80 dollardan 150 dollargacha ko'tarilsa, saudiyaliklar YCHLni sotib oladi.

Katta ehtimol, agarda bu xarid amalga oshsa, musobaqa dunyo Chempionlar Ligasiga aylanib ketadi va unda 48 jamoa ishtirok etib, o'yinlarning aksariyati Ar Riyodda bo'lib o'tadi.

Bularning barchasi Saudiya Arabistonining sportni va mahalliy turizmni rivojlantirish bo'yicha reja asosida amalga oshirilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Yahoo.com