Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi: "Rossiya osongina g'alaba qozondi"

Narzulla Saydullayev
15 iyun 2018, 10:55
Saudiya Arabistoni bosh murabbiyi Xuan Antonio Picci Rossiyaga qarshi o'yindan so'ng (0:5) o'z fikrlarini bildirdi.

– Nimaga bunday bo'lganini bilmayman. Balki birinchi o'yinligi yoki mezbonlarga qarshi o'ynaganimiz uchundir, bilmayman. Ammo anig'i shuki rejamiz ish bermadi.

Rossiya osongina g'alaba qozondi. Bunday saviyadagi o'yinlar uchun noodatiy natija. Bu sharmandali vaziyatni unutishimiz kerak.

- Tarix saudiyalik rahbarlar bunday natijalarni yomon ko'rishlarini ko'rsatmoqda. Mundial oxirigacha o'z lavozimingizda qolishga ishonasizmi?


– Savol o'tkir, ammo yaxshi. Hozir o'zimni qanday his qilayotganimni baholash qiyin. Jamoa uchun borimni berayapman. Shunday vaziyatlar bo'ladiki, men ularni boshqara olmayman.

– Saudiya Arabistoni – sizning darajangizdagi jamoa emasdir?


– Qo'shilmayman. Rivojlanishni aniq ko'rdim. Bugun rejalashtirgandek o'ynamadik. Kuchaytirish kerak bo'lgan holatlar bor.

Tiklanish, yaxshi niyat qilib keyingi o'yin haqida o'ylashimiz kerak, – deydi Picci.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru