Sarrining otasi: "Umid qilamanki, Mauricio Italiyaga qaytadi"

Mirjalol Normatov
16 iyun 2019, 11:11
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarrining otasi Amerigoning aytishiga ko'ra, o'g'li yaqin vaqtlarda "Yuventus" boshqaruvini o'z qo'liga olishi kerak.

Ammo, bu ishlarning tezlashishiga "Chelsi" yo'l bermayotgan ekan.

"Chelsi" hali uni qo'yib yuborganicha yo'q. Mauricioning o'zi ham bu borada hech nimani bilmaydi. Umid qilamanki, u yaqin vaqtlarda Italiyaga qaytadi", - dedi Amerigo.

Oldinroq, Sarri "Yuventus"da ish boshlashi, "Chelsi"da esa uning o'rnini Frank Lempard egallashi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia