Sarri: “Lion” kuchli qarshilik ko'rsatdi”

“Yuventus” ustozi YCHL 1/8 finali doirasida safarda “Lion”dan (0:1) qabul qilingan mag'lubiyat haqida gapirdi.

“Bo'lgan voqealarni tahlil qilish qiyin. Birinchi bo'limda to'p bilan juda ham sekin muomalada bo'ldik, kerakli tezlikka erisha olmadik. Raqib esa yaxshi pressing qildi, gol urdi. Kuchli qarshilik ko'rsatdi. Ammo bu bizning darajamiz emasdi. Tanaffusdan so'ng esa yaxshiroq o'ynadik. Biroq bu YCHL bahslari uchun etarli emas”, - deydi Mauricio Sarri.


Manba: Football Italia