Sarri Yevropadagi eng kuchli jamoa nomini aytdi

Mirjalol Normatov
8 fev 2019, 20:39
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri APLning 26-turi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Bu mavsumda "Chelsi" faqatgina kuchli to'rtlik uchun kurasha oladi, biroq undan ortig'iga emas. Albatta, biz boshqa turnirlarda g'olib bo'lishimiz mumkin, ammo APL chempionligi uchun faqatgina "Manchester Siti" va "Liverpul" kurashadi. "Siti" esa hozirda Yevropaning eng kuchli jamoasi.

Birinchi davrada ularni mag'lub eta olgandik. Qiyin o'yinda gollar urib, munosib g'alabaga erishgandik. Biroq ularga 3-4 imkoniyat taqdim etsak ham juda yomon bo'lishi mumkin. Jamoaning qimmatbaho himoyasi ancha tartibli va tez. "Siti"ning pressingidan chiqib ketish qiyin bo'ladi", - dedi Sarri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal