
- Raqib munosib qarshilik ko'rsatishga intildi. Biz ko'proq g'alaba qozonishni istagandik va maqsadimizga erishdik. O'yin boshlarida hayajon sezildi. Tajribali futbolchilar bilan birga o'ynash uchun zaxiradan maydonga tushdim. Biroq keyin hammasi joyiga tushdi. Milliy terma jamoadagi debyutim muvaffaqiyatli chiqqanidan xursandman. Agar futboldagi maqsadim haqida gapiradigan bo'lsam, 2018 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishni istayman. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat, - deydi Sardor Rashidov.