Sardor Rashidov - "Al Jayish"ning mavsumdagi ilk golini urdi VIDEO

Narzulla Saydullayev
18 sen 2016, 21:15
Qatarda yangi futbol mavsumi start oldi.

Sardor Rashidov to'p tepayotgan "Al Jayish" klubi mavsumni o'z uyida "Al Vakra" klubiga qarshi o'yin bilan boshladi. O'yinning 26-daqiqasida aynan Rashidov klubining mavsumdagi ilk goliga mualliflik qildi.

52-daqiqada Romarino penaltidan hisobni 2:0ga etkazdi. Bahsning 74-daqiqasida mehmonlar vakili Pablo Oliveyra hisobni qisqartirdi. Sardor Rashidov 89-daqiqada o'z o'rnini jamoadoshiga bo'shatib berdi.


Qatar Yulduzlar ligasi. Musobaqa jadvali

"Al Jayish" - "Al Vakra" 2:1

Gollar: Sardor Rashidov 26, Romarino 52 penalti - Pablo Oliveyra 74


TAS-IX emas


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia