Sardor Azmun termadagi faoliyatini yakunladi FOTO

Mirjalol Normatov
28 iyun 2018, 12:50
Hujumchi Sardor Azmun Eron termasidagi faoliyatini yakunladi.

Bu haqda futbolchining o'zi instagramdagi ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

"Men uchun Eron termasida o'ynash katta baxt bo'ldi va bu bilan bir umr faxrlanaman. Afsuski, yuragim termadan ketishim kerakligini aytmoqda va men terma bilan xayrlashishga qaror qildim", - deb yozadi futbolchi.

23 yoshli futbolchi ayni damda Qozonning "Rubin" jamoasi sharafini himoya qilmoqda.




O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: instagram.com/sardarazmoun