Sanjar Ahmedov: “G'alabani murabbiymizga bag'ishlaymiz”

Aziz Tukhtamuradov
5 may 2017
Kuni kecha O'zbekiston chempionati birinchi liga 8-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Ushbu turda Muborakning "Mashal-2" jamoasi safarda "Istiqlol" klubi mehmoni bo'ldi va raqiblaridan 2:0 hisobida ustun keldi. Qiziqarli kechgan bahsdan so'ng "Mashal-2" futbolchisi Sanjar Ahmedov o'z fikrlarini bildirdi.

"Istiqlol" jamoasiga qarshi juda qiziqarli va og'ir o'yin bo'ldi. O'tgan turda Andijonga mag'lb bo'ldik va muxlislarimizni ranjitdik. Ushbu bahsni esa bosh murabbimizga bag'ishlaymiz, chunki bu uchrashuvda g'alaba qozonishimizni murabbiyimiz juda ham xohlagandi. Barchani g'alaba bilan tabrklayman va keyngi o'yinlarda jamoamizga omad tilayman", - deydi "Mashal-2" klubi futbolchisi  Sanjar Ahmedov.



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia