Sane yozga qadar "Siti"da qoladigan bo'ldi

Mirjalol Normatov
27 dek 2019, 21:26
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sane yana yarim yil davomida "shaharliklar" tarkibida qoladigan bo'ldi.

"Daily Mirror" xabariga ko'ra, germaniyalik futbolchi 2020 yilning yozida "Bavariya" taklifiga so'nggi javobini beradi. Ayni damda u og'ir jarohatdan keyin asosiy tarkibda joy olib, o'yinda jarohatidan qaytalab olishidan qo'rqmoqda. Shu boisdan u "shaharliklar" tarkibida biroz muddat qoladi.

"Bavariya" ancha vaqtdan buyon Sanening o'yinlarini kuzatib bormoqda. Sane avgust oyida jarohat olganidan keyin transfer ishlari kechiktirilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mirror