Samatov bilan Shamsitdinov “Navbahor” bilan xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
7 yanv 2016, 13:57
Namanganliklar safini futbolchilar tark etishda davom etmoqda.

So'nggi ikki mavsumdan buyon jamoa sharafini himoya qilib kelayotgan Alisher Samatov bilan Tohir Shamsitdinov “Navbahor” bilan xayrlashishga qaror qilgan. Ushbu ikki himoyachining oldida bir qator takliflar borligi aytilayotir. Ammo bir to'xtamga kelingani yo'q. Eslatib o'tamiz, Shamsitdinov ayni damda “Qo'qon-1912” yig'inida bo'lib turibdi. Samatov esa yaqin orada biror jamoaga qo'shilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia