Samarqand O'zbekiston terma jamoasi o'yinini qabul qilmoqchi

Narzulla Saydullayev
4 apr 2014, 14:13
Xabaringiz bor, 27 va 29 may kunlari Ummon terma jamoasi O'zbekistonga tashrif buyuradi va ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazadi.
Ushbu uchrashuvlarning qayerda bo'lib o'tishi borasida O'FF hozirgacha aniq ma'lumot tarqatmagan. Olingan xabarlarga ko'ra, Samarqanddagi "Dinamo" stadioni ushbu uchrashuvlardan biriga mezbonlik qilish bo'yicha tegishli hujjatlar taqdim etgan.

Samarqandkliklar bir uchrashuvni qabul qilishni istashmoqda. Lekin yakuniy qarorni terma jamoalar markazi qabul qiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia