Saloh Vardining rekordiga tenglashishi uchun bir o'yin qoldi

Mirjalol Normatov
12 dek 2021, 11:56
"Liverpul" yarim himoyachisi Muhammad Saloh APLda "Aston Villa"ga qarshi o'yinda penaltidan gol urdi.

Misrlik futbolchi turnirdagi ketma-ket 14 o'yinda gol+pas tizimizda 13+7 natija qayd etdi. Seriya 28 avgustdan buyon davom etmoqda.

Bu boradagi rekord "Lester" forvardi Jeymi Vardiga tegishli. U 2015 yilning avgustidan dekabr oyiga qadar ketma-ket 15 o'yinda shunday samarali seriya qayd etgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal