Saloh APLning 6ta top klubining barchasiga gol urmoqchi

Aslanov Jasurbek
9 mar 2018, 14:10
"Liverpul" yarim himoyachisi Muhammad Saloh "Manchester Yunayted"ga gol urib, Premer-liganing kuchli oltiligidagi barcha klublar darvozasini ishg'ol qilishga erishmoqchi.

Salax "Manchester Siti", "Chelsi", "Arsenal" va "Tottenxem" darvozasiga gol urdi, "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs esa 10 mart kuni bo'lib o'tadi.

"Birinchi o'yinda de Xea ajoyib seyv amalga oshirib, gol urishimga imkon bermagan edi. Bahsga xohlagancha tayyorlanib, darvozabon o'yinini tahlil qilish mumkin, ammo "Manchester Yunayted"ga va shaxsan de Xeaga gol urish doimo qiyin. Ular joriy mavsum hali men gol urmagan kuchli oltilikning yagona jamoasi, buni to'g'irlashga harakat qilaman" - deydi Saloh.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports