Saloh APLda bu ko'rsatkich bo'yicha Runiga yetib oldi
Omonjon To`xtamirzayev
2 dek 2024, 15:05
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh "Manchester Siti"ga qarshi bahsda (2:0) gol+assist qayd etdi.
Ayni damda misrlik Premer-Liganing 36 o'yinida ham gol urgan, ham golli uzatma etkazib bergan. Bu ko'rsatkich bo'yicha Saloh "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Ueyn Runiga yetib oldi.