Saloh APLda 7-marta oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Liga rekordi takrorlandi

Sherzod Nurmatov
14 mar 2025, 17:15
Muhammad Saloh APLda o'tgan oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Liverpul" vingeri fevral oyida muxlislar va ekspertlar ovoziga ko'ra sovrinni o'ziniki qildi. U Betu Betunkal ("Everton"), Jan-Filipp Mateta ("Kristal Pelas"), Yankuba Minte ("Brayton"), Jed Spens ("Tottenxem") va Dominik Soboslai ("Liverpul") kabilarni ortda qoldirdi.

Misrlik futbolchi faoliyatida 7-marta Premer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi. U Harri Keyn va Serxio Agueroning rekordini takrorladi.

Saloh fevralda 6 o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com