"Arsenal"da katta yo'qotish

Alisher
5 fev 2024, 00:30
Bukayo Saka "Liverpul"ga qarshi APL o'yinida jarohat oldi.

"Arsenal" vingeri 77-daqiqada murabbiylar shtabini unga yordam kerakligi haqida ogoh etdi. Angliyalik o'ng tovonini ko'rsatdi.

Ushbu o'yinda hisobni ochgan Saka bahsni davom ettira olmadi. Uning o'rniga Ris Nelson maydonga tushdi.

22 yoshli futbolchi joriy mavsum Angliya chempionatida 8ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia