Sabaleta: "Manchester Siti" "Real"ni yuta oladi"

Mirjalol Normatov
23 fev 2020
"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Pablo Sabaletaning fikriga ko'ra, "shaharliklar" YCHLda "Real" to'sig'idan o'ta oladi.

"Albatta, bu juda muhim o'yin. "City Football Group" futbolchilari, ishchilari, umuman olganda ushbu oila uchun hafta oson o'tmaydi.

Barcha o'z fikrini bir joyga jamlashi kerak. Jamoada ancha yildan buyon o'ynayotgan faxriy futbolchilar ham ushbu turnirning g'alabasini istashadi. Ular uchun g'alaba juda muhim.

UEFAning cheklovi "Siti" futbolchilariga ishtiyoq berishi kerak. Klubdagi barcha insonlar futbolchilarga ishonishadi.

Balki mavsum yakunlanganidan keyin "Siti"ning cheklovi bir yilga qisqartirilar, balki umuman aybsiz deb topilar. Balki yana jazolanar. Shu boisdan jamoa oxirigacha kurashishi kerak.

Futbolchilar esa yuristlarning ishiga aralashmasdan, o'yinga bo'lgan e'tiborni oshirishlarini istardim. Jamoa "Liverpul"dan katta farq bilan ortda qolmoqda. Shu boisdan "Real"ga qarshi o'yin har tomonlama muhim.

"Siti"ning tarkibi juda kuchli. Ular kuch evaziga "Real"ni yuta olishadi. Doimo hujum qilib, g'alaba uchun o'ynashsa, barchasi yaxshi bo'ladi", - dedi Sabaleta.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal