Ryudiger: "Vinisius Germaniya ajoyib terma jamoa ekanligini aytdi, men ham shu fikrdaman"

Sherzod Nurmatov
16 noya 2022, 17:40
Madridning "Real" klubi va Germaniya terma jamoasi himoyachisi Antonio Ryudiger germaniyaliklar Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga qanday holatda yaqinlashayotgani haqida gapirdi.

29 yoshli futbolchining fikricha, Germaniyada ajoyib jamoa yig'ilgan, uning braziliyalik jamoadoshi Vinisius ham bunga qo'shiladi.

"Men Vinisius bilan gaplashganimda, u doim menga: "Sizda ajoyib terma jamoa  bor" deydi. Men ham shu fikrdaman. Jamoamiz kuchli, yoshlik va tajriba uyg'unlashgan", – dedi Ryudiger.

Eslatib o'tamiz, Germaniya Jahon chempionati guruh bosqichida Ispaniya, Kosta-Rika va Yaponiya terma jamoalari bilan to'qnash keladi. Nemislar turnirdagi ochilish o'yinini 23 noyabr kuni Yaponiyaga qarshi o'tkazishadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport Bild